Ishlab chiqarish korxonalarida innovatsion, resurstejamkor texnika va texnologiyalarni joriy etish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishning dolzarb muammolari va yechimlari

Farg’ona politexnika instituti

II - Xalqaro Ilmiy Anjuman

2025-yil, 18-19 aprel | Farg‘ona, O‘zbekiston

Konferensiya Haqida

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son hamda Farg’ona politexnika instituti rektorining 2025-yil 23-yanvardagi Sh/T 56-son buyrug’iga asosan 2025 yil 18-19-aprel kunlari Farg‘ona politexnika institutida “Ishlab chiqarish korxonalarida innovatsion, resurstejamkor texnika va texnologiyalarni joriy etish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusida II-Xalqaro ilmiy anjuman o‘tkaziladi.

Konferensiyada quyidagi sho‘balar bo'yicha ish olib boriladi:
1. Qurilish materiallari sanoati hamda turdosh ishlab chiqarish sohalarida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llashning dolzarb muammolari;
2. Kimyo hamda turdosh ishlab chiqarish sohalarini innovatsion rivojlantirishda yangi texnologiyalarning o‘rni;
3. Sanoat ishlab chiqarish jarayonlarining energetik samaradorligini oshirish;
4. Sanoat sohalarida materiallarni dastlabki qayta ishlash hamda texnologik transportlash masalalari;
5. Sanoat xom ashyolarini qayta ishlash va boshqa texnologik jarayonlarni amalga oshirishda atrof muhitni muhofaza qilish muammolari;
6. Sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning fizik-matematik asoslari;
7. Qurilish materiallari hamda turdosh ishlab chiqarish sohalari tarixi va uning rivojlanish bosqichlari;
8. Kimyo, qurilish materiallari hamda turdosh ishlab chiqarish sohalarini innovatsion rivojlantirishning ijtimoiy va iqtisodiy masalalari;
9. Kimyo, qurilish materiallari hamda turdosh ishlab chiqarish sohalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash vazifalari;
10. Sanoat ishlab chiqarishda axborot texnologiyalar.

Anjumanning rasmiy tillari: o‘zbek, rus va ingliz.

Taqdim etilgan maqolalarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:
Matn hajmi – to’liq 2-4 sahifa, Matn shakli – MS Word, yozuv shrifti Times New Roman, harflar hajmi 14 kegl, satrlar oralig‘i 1,15 interval.
Matn maydoni: yuqoridan va pastdan 2 sm, o‘ngdan 1,5 sm, chapdan 3 sm. Matn boshida maqolaning nomi, muallifning to‘liq ism sharifi, ilmiy daraja va unvoni, ishlash joyining nomi keltiriladi. Bir satr qoldirilib, asosiy matn berilishi lozim. Satr boshi oltinchi harf tagida bo‘lishi lozim.
Konferentsiyaning yalpi majlisida nutq so'zlamoqchi bo'lganlardan o'z nutqlarini (taqdimot) yoki matnlarini konferensiya elektron pochtasi ferpi.tmj@mail.ru ga 2025 yil 25 martgacha yuborishlarini so'raymiz. Anjuman materiallari to‘plami mualliflar matnidan bevosita o‘zgartirishsiz chop etiladi. Muddatidan kechiktirib topshirilgan yoki talablarga javob bermaydigan maqolalar chop etilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Konferensiya materiallarini to‘plam shaklida chop etish uchun ishtirokchilar bitta maqola uchun 75 000 so‘m miqdorida tashkiliy badal mablag‘ini to‘lashlari zarur. To‘lovlar naqd pul yoki plastik kartalar orqali amalga oshiriladi. (Plastik karta raqami 5614 6812 1696 7681 Muminov Jalolidin)

Anjumanga maqolalarni elektron variantda telegram @FERPItmj ga 2025 yil 29-martgacha yuborishingiz mumkin.

Anjuman o'tkaziladigan manzil: Farg‘ona shahri, Farg‘ona ko‘chasi, 86-uy, Farg‘ona politexnika instituti, “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi. Telefon: +998 90 166-99-44, +998 77 232 10 77, qo‘shimcha:+998 91 123-59-81.

Konferensiya Dasturi

18-may, 2025 - Ochilish Marosimi

10:00 - 12:00

18-may, 2025 - Ilmiy Ma’ruzalar

13:00 - 16:00

19-may, 2025 -Muhokamalar va yakunlash

10:00 - 16:00

Bog‘lanish

Farg‘ona politexnika instituti, Mexanika-mashinasozlik fakulteti

Email: ferpi.tmj@mail.ru | Telefon: +99877 232 10 77